
“Real”ni o‘zimsiz tasavvur qilolmas edim...
“Qirollik klubi”ning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa sardori Serxio Ramosning ketayotganiga o‘z munosabatini bildirdi.
- Men “Real” har doim barcha turnirlarda qatnashishini bilaman. Va biz buni eng yaxshi futbolchilardan tarkib topgan jamoa bilan amalga oshiramiz. Ramos “Real” uchun muhim o‘yinchi. Men ham avval “Real”ni o‘zimsiz tasavvur qila olmasdim. Lekin ketishimga to‘g‘ri kelgan.
Bu galgi muzokara juda tez o‘tdi va men rahbariyat bilan jamoa haqida gaplashib olishga ulgurmadim. Lekin hozirgi futbolchilar bilan birga ishlashni istayman. Vaqti kelib, hamma masalani gaplashib olamiz, - dedi Karlo Anchelotti.
Anchelotti 2013-2015 yillarda “Real”ni boshqargan va madridliklar bilan birga Ispaniya kubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan.
Fikrlar