
"Real"ning ikki yulduzi Ispaniya Superkubogi yarim finalini o‘tkazib yuboradi
David Alaba va Orelen Tchuameni Ispaniya Superkubogi yarim finalida o‘ynamaydi.
"Real" futbolchilari 1/2 final doirasidagi "Valensiya"ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.
Madrid klubining xabar berishicha, Alabada o‘ng oyoq, Tchuamenida esa chap oyoq mushaklari shikastlangan. 7 yanvar kuni David La Liga doirasida "Vilyarreal"ga qarshi to‘liq o‘yin o‘tkazdi. Orelen esa 64-daqiqada maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, "Real" - "Valensiya" bahsi 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar