
Riberi Berluskonining klubiga o‘tishi mumkin
"Fiorentina" klubi yarim himoyachisi Frank Riberi Silvio Berluskoning "Montsa" klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Calciomercato tarqatgan xabarga qaraganda, 37 yoshli frantsiyalik futbolchi V Seriya klubining asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Riberi joriy mavsum “Fiorentina”da 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning florentsiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
“Montsa” 20-turdan keyin, V Seriya musobaqa jadvalida 2-pog‘onada bormoqda va bu o‘rin mavsum oxirida A Seriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beradi.
Fikrlar