Richard Rapport: "Nomzodlar turnirida hatto kimlar o‘ynayotganini ham eslolmayman"
Richard Rapport 2022 yilda Madridda o‘tgan Nomzodlar turniri ishtirokchisi bo‘lgan. Endi esa Kipr-2026 haqida hazil aralash fikr bildirdi.
"Ehtimol, ko‘p hurmatni yo‘qotarman, lekin rostini aytsam, hozir Nomzodlar turnirida kimlar o‘ynayotganini aniq eslolmayman. Men u yerda yo‘qligimni bilaman — mana shu qismi aniq. Fabi va Hikaru bor, shundaymi?”
Rapportning aytishicha, 2022 yildagi tarkib juda kuchli bo‘lgan:
Biz o‘ynagan paytda eng past reytingli ishtirokchi, nazarimda, Duda edi — va uning reytingi ham 2750 atrofida edi.
Uning fikricha, aylana (round-robin) formatidagi turnirlarda ko‘pincha g‘alaba “eng qiyin raqiblar” ustidan emas, balki formasi pastroq ketayotgan o‘yinchilar ustidan olinadigan ochkolar orqali hal bo‘ladi.
Rapport bu dinamikanı shunday tushuntiradi: kuchli ketayotgan raqiblarga qarshi ehtiyotkor o‘ynaysan, durang qilasan. Ammo kimnidir 2:0 yengib qo‘ysang, asosiy raqobatching esa u bilan ikki durang qilgan bo‘lsa — mana senga bir ochkolik farq. Shunda bosim uning zimmasiga tushadi.
Shundan keyin u senga qarshi tavakkal qilishga majbur bo‘ladi. Sen esa puxta o‘ynaysan — va hatto yana yutishing ham mumkin.
Pastroq formadagi o‘yinchilar ko‘pincha boshqalar ochko olishga urinadigan nishonga aylanadi. Lekin bu ularga ham imkon beradi — chunki raqiblar ko‘proq tavakkal qiladi. Masalan, Ding Liren. U past reytingli emasdi, lekin Nomzodlar turnirining birinchi yarmidan keyin matematik jihatdan g‘alaba uchun imkoniyati qolmagan yagona o‘yinchi edi. Oxir-oqibat esa Jahon chempioni bo‘ldi. Bu biroz kulguli", - dedi vengriyalik sportchi.
Fikrlar