Rim papasi: Messi Xudo emas

  • 01.04.2019 14:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rim papasi Frantsisk "Barselona" forvardi Lionel Messini Xudoga tenglashtirayotgan muxlislarga nisbatan fikr bildirib o‘tdi.

“Odamlar Messini Xudo deb aytishmoqda. Lekin bu kufrdir. Bunga ishonish va bu haqda gapirishning o‘zi noto‘g‘ri. Masalan men ishonmayman. Futbolchining harakatlaridan juda ham hayratga tushishingiz mumkin, lekin unga sig‘inmang. Messi juda yaxshi futbolchi, ammo u Xudo emas”, - deydi Rim papasi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum “Barselona” safida jami 38taa o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisoibiga 41ta gol hamda 21ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!