
Rimac Nevera - dunyodagi eng tezkor elektrogiperkarlardan biri!
Rimac Automobili kompaniyasi o‘zining birinchi Rimac avtomobili kompaniya asoschisi va egasi Mate Rimatsga topshirilganini e’lon qildi. Gap dunyodagi eng tezkor elektrogiperkarlardan biri – Rimac Nevera haqida bormoqda.
Qayd etilishicha, Rimats o‘ziga karbon kuzovli qizil rangga bo‘yalgan avtomobilni tanlagan.
Rimac Nevera 2018 yilda kontsept-kar sifatida taqdim etilgan va uning ommaviy ishlab chiqarilishi 2022 yilda boshlangan. Mashinada jami 1914 ot kuchi ishlab chiqaradigan to‘rtta elektrodvigatel mavjud bo‘lib, 2023 yil may oyida u bir kunda 20 dan ortiq tezlik rekordini o‘rnatgan.
Nevera 1,82 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, avtomobilning maksimal tezligi esa 412 km/soatni tashkil qiladi. Rimac Nevera avtomobili 150 nusxasida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Qayd etish lozimki, ushbu avtomobilning birinchisi Formula 1 sobiq chempioni Niko Rosbergga nasib etgan.
Fikrlar