Risharlison "Tottenxem"dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

  • 14.12.2024 10:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Tottenxem" hujumchisi Risharlison klubi ro‘yxatini o‘zgartirishga shoshilmayapti. Braziliyalik hujumchi jarohatlar tufayli ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yubormoqda.

Yaqinda OAVda futbolchining "Fluminense"ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. "TNT Sports" xabariga ko‘ra, Risharlison faoliyatini davom ettirish uchun bu variantlarni ko‘rmoqchi emas. 27 yoshli futbolchi hali ham “shporlar” safida o‘zini ko‘rsatish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, London klubi "pentakampeonlar" forvardini 2022 yilning yozida "Everton"dan 58 million evro evaziga sotib olgandi. "Transfermarkt" portali uning narxini 35 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!