
Rivaldo "Barselona"da Messining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchi kimligini aytdi
Braziliyalik futbol yulduzi Rivaldo sobiq jamoasi “Barselona” sekin asta Messisiz yashashga ko‘nikib borishi kerakligini aytdi.
“Bu “Barselona” rahbariyati va jamoaning barcha muxlislariga tegishli bo‘lishi kerak. Garchi bu ish juda qiyin bo‘lsada, unga o‘rinbosar qidirishni boshlash kerak.
Kim uning o‘rnini egallash uchun mukammal nomzod bo‘lishi mumkin? Faqat Neymar. Agar u “Barselona”ga qaytsa, zo‘r bo‘lardi. Neymar ajoyib natijalarga erishishi mumkin bo‘lgan futbolchi.
Messi “Barselona”dan ketsa, ular ham “Real”ning ahvoliga tushishlari mumkinmi? Ha, shunday bo‘lishi mumkin. Chunki, Messi uzoq yillardan buyon jamoada o‘ynab kelmoqda. U o‘yin taqdirini hal qiladigan futbolchi”, - deydi Rivaldo.
Fikrlar