Riyod-2025. Delegatsiyamiz a’zolari yana ikki medalni qo‘lga kiritdi!

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.

Dzyudochimiz Marjona Ko‘chimova ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. -78 kg vazn toifasida kurashgan yurtdoshimiz uchinchi o‘rin uchun bahsda ozarbayjonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, boks bahslarida yana bir medal naqd qilindi. -51 kg vazn toifasida bellashgan Zilola Yusufova yarim finalda turkiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib, bronza medaliga ega chiqdi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!