Rodrigo: "Yolg‘on gapirmayman — takliflar har doim bo‘ladi"

  • 07.10.2025 23:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" hujumchisi Rodrigo boshqa klublardan takliflar kelib tushayotganini tan oldi. Braziliyalik futbolchi doimiy ravishda turli transfer ovozalari markazida bo‘lib keladi.

"Har yozda bir xil narsa — men ketamanmi yoki yo‘q, taklif bormi, degan gaplar chiqadi. Agar yozilganlariga ishonsak, har hafta men boshqa jamoadaman. Yolg‘on gapirmayman — takliflar har doim bo‘ladi. Lekin men doimo bu erda muvaffaqiyat qozonishni istaganman. Hatto hozirgacha erishganimdan ham ko‘prog‘ini xohlayman. Mening yoshimda ikki marta Chempionlar ligasini yutish — katta yutuq. Ammo men kuboklar yutishni yana davom ettirmoqchiman", — dedi Rodrigo "AS" nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!