“Roma” bo‘lmasa, “Milan”da o‘ynayman!

  • 1 iyul, 2023, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Joze Mourino “Roma”ning hujum chizig‘ini yangilash bo‘yicha ish olib bormoqda. Rim klubida faqatgina Paulo Dibala va Andrea Belotti portugaliyalik mutaxassisning ishonchini oqlamoqda.

Angliyaning hujumchi Temmi Abraxam jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. Norvegiyadan olib kelingan Ola Solbakkenning harakatlari ham murabbiylar shtabini qoniqtirmadi. Rim klubi sport direktori Tyagu Pinto bu ikki futbolchidan qutilish harakatida yuribdi.

b2fa4039c11eea2cc8276627eec2c

Joze Mourino o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgan forvardlar orasida Janluka Skamakka ham bor. Italiyalik futbolchi “Vest Xem” vakili hisoblanadi.

Angliyaliklar “Roma” yo‘llagan birinchi taklifni rad etgan. Rimliklar 24 yoshli o‘yinchini ijaraga olmoqchi edi. “Vest Xem” agar Skamakkani to‘liq transfer qilish bo‘yicha taklif bo‘lsa, aynan o‘sha variantga ko‘nishini bildirgan.

Janluka Skamakkaning o‘zi ham Joze Mourino qo‘l ostida to‘p tepishni istayapti. Unga “Roma” varianti har tomonlama qulayliga aytilmoqda.  Bu haqda Football Italia nashri jurnalistlari xabar tarqatdi.

Taniqli insayder Janluka di Martsioning yozishicha, Skamakkaga “Milan” ham xaridor bo‘lyapti. Milanliklar nafaqaga chiqqan Zlatan Ibrohimovich o‘rnini jismonan baquvvat forvard bilan to‘ldirmoqchi. Skamakka aynan mana shu talablarga to‘g‘ri keladi.

Manbalarga ko‘ra, Janluka agar “Roma” uni to‘liq sotib olish uddasidan chiqmasa, “Milan” variantini tanlashga tayyor.

Italiyalik futbolchi 2020-2021 yilgi mavsumda “Jenoa” safida Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynagan. O‘shanda Genuya klubi murabbiylar shtabi oldingi chiziqda Shomurodov – Skamakka tandemidan foydalangan. Bu futbolchilar bir birini yaxshi tushunib harakat qilgani o‘yinlarda “Jenoa”ga katta foyda keltirgan.

6fe48f08e11eb84ff8b8fbd9e482e

Agar rimliklar Janluka Skamakkani transfer qiladigan bo‘lsa, Eldor Shomurodov kelasi mavsum sobiq jamoadoshi bilan birga o‘ynashi mumkin.

Legionerimiz ham “Spetsiya”dagi yarim mavsumlik ijara muddatini yakunlab, yana “roma”ga qaytadi.

Ta’kidlash joizki, Skamakka aslida “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yosh bo‘lishiga qaramay, Niderlandiya, Italiya va Angliya chempionatlarida katta tajriba to‘pladi.

Janluka Rimni tark etganidan keyin Niderlandiyada PSV va “Zvolle”, Italiyada “Sassuolo”, “Kremoneze”, “Askoli”, “Jenoa” va Angliyaning “Vest Xem” jamoalari sharafini muvaffaqiyatli himoya qildi.

O‘tgan mavsum barcha turnirlarda 27 ta uchrashuvda maydonga tushgan italiyalik hujumchi raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi.

1665327837_scamacca

Transfermarkt portali mutaxassislari Skamakkaning transfer summasini 22 million evroga baholamoqda.

Ikardi o‘rniga Shomurodov!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!