"Roma" PSJdan futbolchi olishga yaqin turibdi

  • 18.07.2023 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Roma" PSJ yarim himoyachisi Renatu Sanshesh o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Insayder Janluka Di Martsioning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda "Roma" va "PSJ" 25 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi borasida faol muzokaralar olib borishgan.

Italiya klubi Sansheshni ijaraga olmoqchi. Kelishuv yaqin orada yopilishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Renatu Sanshesh o‘tgan 2022/23 yilgi mavsumda Frantsiya chempionatida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!