“Roma” Shomurodovdan yana qahramonlik kutadi!

  • 7 fevral, 08:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rim klubi xalqaro turnir – Evropa Ligasidagi yurishini davom ettiradi. “Roma” yangi formatda o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqaning umumiy bosqichidagi oxirgi uchrashuvda “Ayntraxt”ni 2:0 hisobida mag‘lub etish evaziga pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Tecno

Bundesliga vakiliga qarshi o‘tkazilgan bahsda Eldor Shomurodov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilib, amalda o‘yin g‘olibi taqdirini hal qilgan edi.

UEFA qoidasiga ko‘ra, pley-offning o‘tish o‘yinlarida ishtirok etadigan jamoalar musobaqaga jalb qilinadigan o‘yinchilarni qaydnomadan o‘tkazdi.

Qishki transferlar davrida “Roma” safida muayyan o‘zgarishlar ro‘y bergan edi. Shu bois, bosh murabbiy Klaudio Raneri Evropa Ligasida ishtirok etadigan umumiy tarkibga ayrim tuzatishlar kiritishiga to‘g‘ri keldi.

Unga ko‘ra, klubni tark etib, boshqa jamoalarga o‘tib ketgan darvozabon Metya Rayan, yarim himoyachilar – Mario Ermoso, Entso Le Fe, Nikolo Zalevski ishtirokchilar qatoridan chiqarildi.

Rim klubi murabbiylar shtabi yangi olingan o‘yinchilardan qaydnomaga darvozabon Perluiji Gollini, himoyachi Devayn Rensh va Viktor Nelssonni qo‘shdi.  Uch nafar futbolchi zaxira ro‘yxatidan joy oldi.

“Roma” UEFAga taqdim qilgan umumiy ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish oldi.                                

Darvozabonlar:

95 Perluidji Gollini,

99 Svilar Mile,

70 De Martsi Jorjio (B  ro‘yxat),

89 Marin Renato (B ro‘yxat).

Himoyachilar:

2 Devayn Rensh,

3 Anjelino,

5 Ndika Evan,

12 Abdulhamid Saud,

15 Xummels Mats,

19 Chelik Zeki,

23 Manchini Janluka,

25 Viktor Nelsson,

66 Sangare Traore Abubakar.

Yarim himoyachilar:

4 Kristante Brayan,

7 Pellegrini Lorentso,

16 Paredes Leandro, 17

Kone Kuadio Emmanuel Boris,

35 Baldantsi Tommazo,

56 Saelemakers Aleksis,

61 Pizilli Nikolo (B ro‘yxat).

Hujumchilar:

11 Dovbik Artem,

14 Shomurodov Eldor,

18 Sule Matias,

21 Dibala Paulo,

92 El-Shaaravi Stefan.

“Roma” futbolchilari ikki uchrashuvdan iborat pley-off o‘tish bosqichida Portugaliyaning eng kuchli klublaridan hisoblangan “Portu” bilan raqobatlashadi. Dastlabki uchrashuv 13 fevral kuni raqib maydonida bo‘ladi. Rimdagi javob bahsi 20 fevralga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda barcha turnirlarda 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi. Shundan beshta o‘yin va bitta gol Evropa Ligasiga to‘g‘ri keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!