“Roma” Shomurodovga “g‘alati” reja tayyorlab qo‘ydi

  • 24 iyun, 2023, 08:00
  • 1
  • Futbol

Evropa mamlakatlarining aksariyatida milliy chempionatlar yakunlanib, futbolchilar va murabbiylar uzoq kutilgan ta’tilga chiqdi.

Bu pallada ularning agentlariga ish ko‘payadi. Ayrim jamoalari o‘zlari uchun kerak bo‘lgan yangi ijrochilarni olishga urinayotgan bo‘lsa, boshqalari kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan qutilishga harakat qiladi.

Kuchli beshlik chempionatlaridagi yagona vakilimiz – Eldor Shomurodov kelasi mavsumni qaerda boshlashini hal qilishi kerak. Legionerimizning “Spetsiya” bilan yarim mavsumga mo‘ljallangan ijara shartnomasi tugadi hisob.

Shomurodov_MP1_3821-1536x1024

Hujumchimiz og‘ir o‘tgan mavsumdan keyin biroz hordiq chiqarib, yana Rim klubi ixtiyoriga qaytib boradi. “Roma” mutasaddilari Shomurodov bo‘yicha reda tuzib qo‘ygan. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatdi.

Joze Mourino jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan Temmi Abraxam o‘rniga “Spetsiya”dan Mbala Nzolani olib kelmoqchi. Angolalik to‘purar liguriyaliklarning yuqori diviziondagi o‘rnini saqlay olishiga ishonib, klub bilan uzoq muddatli shartnoma tuzib qo‘ygan.

Nzolaga Italiyaning bir necha klublaridan jiddiy qiziqish bor. Bu futbolchi hujumkor o‘yin ko‘rsatmaydigan “Spetsiya” safida 13 ta gol urgani uning to‘purarlik salohiyati yuqori ekanidan dalolat beradi.

“Spetsiya” o‘z etakchisini 15 million evroga baholamoqda. Tabiiyki, xaridor klublar turli usullar orqali bu summani pasaytirishga urinyapti.  

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto “Spetsiya” mutasaddilari bilan Nzola masalasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Suhbatlarning birinchi raundidan keyin transfer  mutaxassislari rimliklarning imkoniyatini yuqori baholayapti va hujumchi uchun raqobatda “Roma”ning ustunligi borligini aytmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis muzokaralar chog‘ida Nzola o‘rniga “Spetsiya”ga Eldor Shomurodovni olishni taklif qilgan. O‘zbek hujumchisi mavsumni aynan liguriyaliklar tarkibida yakunladi. Yarim mavsum davomida Eldor bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bilan Joze Mourino hamyurtimizni o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan “Roma”ning asosiy tarkibiga qaytarmasa kerak.

“Roma” sport direktori Tyagu Pintoning rejasi amalga oshishi uchun Eldor Shomurodov ham bunga rozilik berishi lozim. Avvalgi ikki mavsum shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek hujumchisi uchun A Seriyada o‘ynash muhim ahamiyat kasb etadi. Shomurodov shu ligada faoliyatini davom ettirish uchun Angliya, Frantsiya, Ispaniya, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar vakillarining chorlovlarini qabul qilmagan edi.

eldor-shomurodov-blizok-k-perehodu-v-torino_1673427531897387096

Katta ehtimol bilan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori V Seriyada to‘p surish variantini tanlamaydi. Bu holatda Eldorning agentlari unga munosib ish joyi topib berishi talab etiladi.

O‘zbek hujumchisidan ehtiyot bo‘ling!

Shomurodov “qora ro‘yxat”ga tushdi

Shomurodov boshqacha o‘ynaydi!

Premer-liga: Legionerlarimiz narxlari e’lon qilindi!

Legionerimiz ispaniyalik ustoziga qattiq ishonyapti!

Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!

Bu terma jamoada Shomurodov yo‘q!

Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mavlonov Husan
24/06/2023 13:30
Суймаганга суйкалма дегандай, бошидан қолсин ромаси италияни а серия си ихтиёр ўзидами любой бир жаоага ўтсин. паст кетмасин