“Roma” Shomurodovni qo‘yib yuboradigan bo‘ldi

  • 5 oktabr, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasini oldinda ikkita o‘ta muhim uchrashuv kutib turibdi. Srechko Katanets shogirdlar oktyabr oyidagi FIFA kunlari ikkita jiddiy raqibga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

2026 yilgi jahon chempionatining Osiyo saralash musobaqasi uchinchi bosqichida dastlabki ikki uchrashuvda zafar quchgan terma jamoamiz musobaqa jadvalida kuchli uchlikdan joy olgan Eron va Birlashgan Arab Amirliklari futbolchilari bilan raqobatlashadi.

Bu ikki o‘yin musobaqa jadvaliga va jahon chempionatiga chiqish imkoniyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston terma jamoasining natija keyingi paytlarda ma’lum ma’noda  Eldor Shomurodovning o‘yiniga bog‘lanib qolgan. 29 yoshli hujumchimiz klub miqyosida ishlari yurishmay turgan paytda ham terma jamoamiz uchun zo‘r o‘ynab bergan.

Hozir turli klublardagi terma jamoalar o‘yinchilari navbatdagi yig‘in va uchrashuvlarga taklif oldi. “Roma” ham bir necha vakilini qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Vaziyatga “Roma” faoliyatini yoritib kelayotgan nufuzli manbalar oydinlik kiritdi.

- Evropa Ligasida “Elfsborg”ga qarshi uchrashuvdan keyin “Roma” milliy chempionatda “Montsa” bilan o‘ynaydi. Aynan mana shu bellashuvdan keyin Trigoriya bazasi bo‘shab qoladi.

Artyom Dovbik jarohatdan keyin yana Ukraina terma jamoasi libosini kiyishga tayyor. Sergey Rebrov uni 11 va 14 oktyabr kunlari Millatlar ligasida Gruziya va Chexiyaga qarshi bo‘ladigan bahslarga jalb qilgan.

Frantsiya terma jamoasidagi debyutidan keyin Manu Kone yana Dide Deshamdan taklif oldi. Frantsiyaliklar Millatlar ligasida Isroil va Belgiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Evan N'Dika Kot-d'Ivuar terma jamoasiga chaqirtirildi. Bosh murabbiy Emers Fae Serra-Leonega qarshi o‘tkaziladigan ikkita uchrashuvda “Roma” vakili xizmatlaridan foydalanishni rejalashtirgan.

Nihoyat, Eldor Shomurodov bosh murabbiy Srechko Katanetsdan jahon chempionatining saralash turniri doirasida Eron va Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘yinlarda qatnashishga taklif etildi.

“Roma”dan chaqirtirilganlarning har biri o‘z mamlakatlari terma jamoalari uchun muhim ahamiyatga ega futbolchilardir, - deb yozmoqda rivistalaroma.it sayti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Eron, 15 oktyabrda Birlashgan Arab Amirliklari futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Eldor Shomurodov esa, milliy terma jamoa safida eng ko‘p gol urgan to‘purar hisoblanadi. Legionerimiz xalqaro miqyosda 75 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 41 marotaba ishg‘ol qilgan.

Shomurodovdan bunaqasini kutmagandik... “Roma”ni qutqara olmagan Eldorning o‘yini qanday baholandi?

Husanov, Yamal va Bellingem – ular birga

Duel: Legionerimiz qozoqlarning 15 yillik orzusini chippakka chiqarishi mumkin...

Husanovga xushxabar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Marufjon Shokirov
05/10/2024 11:13
сарлавхани тўғри ёзмасанг кегинги сафар вақтимни олганинг учун нормально сўкаман
&
Сурхан Ангор
05/10/2024 12:09
Шу вақтгачаям термага қўйиб юборилганку. Нима сарлавҳа трансфер ҳақида ёзилган тушунарсиз мавзудан узоқлашиб чалғитаябсизлар! Бошқа сайтлардек қисқа лўнда асосли ёзиш керак! Кетгизган вақтга ачинасиз.