"Roma" "Spartak"dan futbolchi olib kelmoqchi

"Roma" klubi "Spartak" hujumchisi Aleksandr Kokorin transferi bo‘yicha ish olib bormoqda.

Italiya klubi "Zenit"ning sobiq forvardiga qiziqish bildirmoqda va u haqida to‘liqroq ma’lumotlar olishga intilmoqda, deb xabar bermoqda Nikola Skira.

Hozirda Kokorin jarohat olgan. U "qizil-oqlar" safiga ushbu yozda erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi va debyut qilishga ham ulgurmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!