“Roma”da katta tozalash boshlandi. Mourino to‘qqiz futbolchidan voz kechdi

  • 14.11.2021 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Joze Mourino “Roma”ning jangovarligini oshirish maqsadida tarkibni qayta shakllantiradigan bo‘ldi. Aslida portugaliyalik murabbiy Rimga kelganida futbolchilarni ikki guruhga ajratib chiqqan edi.

Unga ko‘ra, Mourino qaysi futbolchilar bilan ishlashi va kimlar unga kerak emasligi aniq ko‘rsatilgan. Xususan, jahon chempioni Pedro va argentinalik yulduz Xaver Pastore, angliyalik  Stiven Nzonzi kabi mashhur o‘yinchilar ham o‘ziga yangi boshpana qidirishga majbur bo‘ldi.

Endi Joze Mourino o‘zi jamoada qoldirgan bir guruh futbolchilardan ham voz kechishga qaror qilgan. Ular qariyb yarim mavsum davomida qaysar murabbiyning ishonchini qozona olmadi.

Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.calciomercato.com saytining xabar berishicha, Joze Mourino yanvarda albaniyalik Marash Kumbulla, ispaniyalik Borxa Mayoral va Gonsalo Vilyar, asosiy tarkibdagi joyini boy bergan italiyalik Rikkardo Kalafori, Davide Santon, Alessio Rikkardi, argentinalik Federiko Fatsio, gvineyalik Amadu Diavara hamda amerikalik Brayan Reynoldsdan qutilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, jamoaning tajribali o‘yinchilaridan Genoix Mxitaryan va ko‘p jarohat olayotgan Kris Smolling ham Rimni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

1749789744_79_0_1783_1278_1280x0_80_0_0_4300545add3f433b3af99425bae438a9

Mourino “Xoffenxaym” futbolchisini kutyapti

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino tarkibni yangilashga qaror qilgan. Ayni paytda Rim klubi mutasaddilari Bundesliganing bir necha futbolchilarini kuzatmoqda. Ular orasidan “Xoffenxaym” yarim himoyachisi Florian Grillichning o‘yini rimliklarga ma’qul kelmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, himoyaviy o‘yinda ishonchli harakat qila oladigan Grillich qishki transferlar vaqtida Italiyaga kelishi kutilmoqda. O‘yinchining o‘zi ham Bundesligani tark etishga qarshi emas va shu bois Florian jamoa bilan mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomani yangilashdan bosh tortdi.

Joriy mavsumda Fdorian Grillich Germaniya chempionatida sakkizta uchrashuvda ishtirok etdi.

large_43

Veretu:Mourino haq, “Roma”ni kuchaytirmasak bo‘lmaydi!

 “Roma”dan Frantsiya terma jamoasiga chaqirtirilgan yarim himoyachi Jordan Veretu Rim klubi haqidagi fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu futbolchini terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham jarohat olgan Pol Pogba o‘rniga taklif qilgan edi.

- Hozir “Roma”da pasayish jarayoni davom etmoqda. Mavzumni zo‘r boshladik va ko‘pchilik, ishlarimiz yurishib ketdi, deb o‘ylay boshladi. Maqsadimiz o‘zgarmaydi va Chempionlar ligasi uchun kurashni davom ettiramiz.

O‘zimga kelsak, Italiyada taktik jihatdan va jismonan kuchaydim. Turli murabbiylardan katta tajriba oldim va xatolarni tuzatishni o‘rgandim.  

Hozir A Seriya murakkablashib ketdi. Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashishga qodir 8-9 ta jamoa bor. Kichik klublar grandlardan ochko tortib olyapti. Venetsiyada shunday bo‘ldi. Bunga qaramay, biz yuqori saviyada o‘ynay olishimizni namoyish qilganmiz. “Napoli”ni aynan biz  to‘xtatib qoldik.

Mourino “Roma”ga nima berdi? Joze tug‘ma g‘olib. Bu loyihani amalga oshirish uchun aynan u kerak. U qattiqqo‘l va futbolchilardan 200 foiz kuch sarflashni talab qiladi. “Roma” katta loyia. Uni amalga oshirish uchun vaqt kerak. Bundan tashqari, zo‘r jamoalar qatoriga qo‘shilish uchun jamoani muntazam yangi ijrochilar bilan kuchaytirib borish lozim, - dedi Jordan Veretu.

i_25

Mourino eng kuchli besh murabbiydan biri

“Roma”ning mashhur futbolchilaridan Daniele de Rossi jamoani boshqarayotgan Joze Mourinoning imkoniyatlariga yuqori baho berdi.

- Mourino – hozir ham dunyoning eng kuchli besh murabbiyidan biri. Uni bezdirib qo‘ymang va hammasi yaxshi bo‘ladi.  U jamoani inqirozdan qutqara oladi, - dedi Daniele de Rossi.

De Rossi Evropadagi butun faoliyatini “Roma”da o‘tkazgan 1992-2019 yillar davomida jami 459 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 43 marotaba ishg‘ol qilgan. Keyinchalik Argentinaga ko‘chib o‘tib, “Boka Xuniors”da to‘p tepdi. Bu futbolchi elublar miqyosida Italiya va Argentina chempion bo‘lgan.

Mashhur yarim himoyasi Italiya terma jamoasi safida 117  marta maydonga tushib, 21ta gol muallifi bo‘lgan. 2006 yili terma jamoa bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

derossi

Shomurodov bir ko‘rsatkich bo‘yicha “Roma”da etakchi yoxud Mourino qanday xatoga yo‘l qo‘ydi?

“Roma” muxlislari: Shomurodov superfutbol qanday bo‘lishini ko‘rsatdi!

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Shomurodov va uning muxlislari xursand bo‘ladigan xabar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!