"Roma"ning bu futbolchisiga "Arsenal", MYu va "Yuventus" jiddiy qiziqib qoldi!

  • 17.04.2022 17:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanologa "Arsenal" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar tarqatmoqda.

Rimliklar esa 22 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda, ammo boshqa klublarning jiddiy qiziqishi bu rejani murakkablashtirishi mumkin. Turinning "Yuventus" klubi ham Dzanoloni sotib olishni maqsad qilgan.

Dzanolo joriy mavsum “Roma” safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Poytaxt klubi etakchi futbolchisining transferini 60 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!