"Roma"ning maqsadi aniq!

  • 04.03.2022 18:16
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Roma" o‘z tarkibini yarim himoyachi bilan kuchaytirishi mumkin.

Italiya OAVning yozishicha, "Benfika" futbolchisi Yulian Vaygl faoliyatini Apennin yarimorolida davom ettirishga yaqin turibdi. Yulianning o‘zi boshqa muhitda harakat qilishni istamoqda.

O‘z navbatida, "rossonerilar" ham uni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi. Ammo klub anchadan beri sotib olishni istayotgan "Lill" yulduzi Renatu Sanchesh transferi uchun pul izlayapti. Shu boisdan ham Vaygl uchun asosiy nomzod aynan "bo‘rilar" hisoblanadi.

"Burgutlar" o‘z etakchisi bilan 35 million evro evaziga xayrlashishga tayyor. Nemis futbolchisi 2020 yilda "Borussiya" Dortmunddar "Benfika"ga ko‘chib o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!