
Romelu Lukaku: Bitta g‘alaba va biz sovrin yutishimiz mumkin
Bugun Evropa ligasi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda "Sevilya" - "Inter" qarama-qarshiligi kuzatiladi.
Bellashuv oldidan milanliklar hujumchisi Romelu Lukaku o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Italiya nashrlari xabar berdi.
- Hal qiluvchi o‘yin. Bitta g‘alaba va biz sovrin yutishimiz mumkin. Raqib ancha jiddiy. Lekin biz liga kubogini qo‘lga kiritishni istaymiz. Buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz, - dedi Lukaku.
Bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
Fikrlar