Ronaldу jahon chempionatidan chiqib ketgach, bir og‘iz so‘z aytdi

  • 09.07.2026 10:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini 1/8 final bosqichida yakunladi. Jamoa keskin kurashda Ispaniya milliy termasiga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi. 

«Qizil furiya» yagona gol evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv taqdirini yarim himoyachi Mikel Merinoning oxirgi daqiqalarda urgan goli hal qildi.

Portugaliya terma jamoasining yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu musobaqadan chiqib ketganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda qisqa, ammo his-tuyg‘uga boy xabar qoldirdi.

- Portugaliya abadiy, – deb yozdi 41 yoshli to‘purar o‘z sahifasida.

Shimoliy Amerikada o‘tayotgan jahon chempionatida Krishtianu Ronaldu beshta o‘yinda maydonga tushdi. Mazkur bellashuvlar davomida u raqib darvozasini uch marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!