Ronaldу Oʻzbekistonга qarshi oʻyinidan soʻng: "Har bir bulutda yorugʻlikning chaqnoғи bor"

  • 24.06.2026 00:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Jahon chempionati–2026" doirasida Oʻzbekistonga qarshi oʻyindan soʻng (5:0) oʻz fikrlarini bildirdi.

"Juda baxtiyorman. Lekin men uchun eng muhimi — bu jamoaning maydonda qilgan mehnati va koʻrsatgan ishonchi. Bugun jamoa haqiqatan ham yaxshi oʻyin namoyish etdi, oʻyinimiz sezilarli darajada yaxshilandi. Aytishadi-ku, har bir qorongʻu bulut orasida ham yorugʻlik bor, deb. Albatta, shaxsan men uchun rekordlar yoqimli, lekin asosiy maqsadim — terma jamoamizga oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga yetishishda yordam berish", — deya Ronalduning soʻzlarini FIFA rasmiy sayti keltiradi.

Ronaldu uchrashuvning 6- va 39-daqiqalarida gol urdi. Shu tariqa u Jahon chempionatlari tarixida Portugaliya terma jamoasining eng koʻp gol urgan futbolchisiga aylandi. Hozircha uning hisobida 10 ta gol bor.

Ikkinchi turdan soʻng Portugaliya terma jamoasi toʻrt ochko jamgarib, "K" guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Oʻzbekiston milliy jamoasi esa hozircha ochko ololmagan va jadvalda toʻrtinchi pogʻonada joylashgan. Uchinchi turda Portugaliya 28 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Oʻzbekiston terma jamoasi esa shu kuni Kongo DR bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!