Ronaldу Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini tugatdimi?
Jahon chempionatidan Portugaliya terma jamoasi chiqib ketganidan so‘ng, jamoa yetakchisi Krishtianu Ronalduning milliy termadagi kelajagi borasida hali aniq qaror e’lon qilmadi.
- Men hech qachon his-tuyg‘ular ta’sirida shoshma-shoshar qaror qabul qilmayman. Hozir esa diqqat markazini jamoamiz ushbu jahon chempionatida qay darajada harakat qilganiga qaratmoqchiman, shaxsiy kelajagim haqidagi qarorlarim bilan bu e’tiborni chalg‘itgim kelmaydi, — deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Record nashri.
Portugaliya terma jamoasi mundialda Ispaniya futbolchilaridan 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi — qo‘shimcha daqiqalarda Mikel Merino urgan gol ispanlarga g‘alaba keltirdi.
Bu jahon chempionati Ronalduning karerasidagi oltinchi va so‘nggi mundial bo‘ldi. Shu vaqt ichida u jahon chempionatlari doirasida 27 ta o‘yin o‘tkazdi, 11 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. Ammo shuncha yillik ishtiroklarga qaramay, u jahon chempioni unvonini qo‘lga kirita olmadi.

Fikrlar