Ronaldу va Messi mundialda qachon to‘qnash kelishi aniqlandi
Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatida o‘z guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kirita olmadi. Birinchi pog‘ona Kolumbiyaga nasib etdi. Guruh bosqichining so‘nggi turida o‘zaro to‘qnash kelgan jamoalar hisobni ocha olishmadi. Natijada portugalialiklar besh ochko bilan cheklandi, Kolumbiya esa yetti ochko to‘plab, guruh g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa ko‘pchilik kutgan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi to‘qnashuv endi faqat jahon chempionati finalidagina amalga oshishi mumkin. Pley-offning ilgariroq bosqichlarida ularning yo‘llari kesishmaydi.
3 iyul kuni Portugaliya 1/16 final bosqichida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Oradan bir kun o‘tib, Argentina pley-offning ilk bosqichida Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Mutaxassislar fikricha, 2026 yildagi jahon chempionati ham Ronaldu, ham Messi uchun oxirgi mundial bo‘lishi ehtimoli juda yuqori. Krishtianu Ronaldu joriy yil fevral oyida 41 yoshni qarshi oldi, Lionel Messi esa turnir davomida 39 yoshga to‘ldi.

Fikrlar