Ronaldu 250 million evrolik maosh taklifiga qanday javob qaytardi?

  • 14.07.2022 19:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistoni klublaridan birining rahbariyati “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduga ikk yillik shartnoma va umumiy hisobda 250 million evro maosh taklif qilgani haqida xabar tarqatilgan edi.

Bundan tashqari, saudiyaliklar “Manchester Yunayted”ga 30 million evro miqdorida badal puli to‘lashga tayyorligini bildirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik yulduz Osiyoga ko‘chib o‘tishni istamagan va mo‘may daromadli taklifni rad etgan.

37 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 38 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!