“Manchester Yunayted” Ronaldu bilan ziddiyatga borishdan qo‘rqdi!

  • 07.07.2022 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” Krishtianu Ronalduning boshqa jamoaga o‘tishiga to‘sqinlik qilmaydigan bo‘ldi, deb xabar tarqatdi The Sun nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, klub rahbariyati portugaliyalik yulduzni xohishiga qarshi jamoada ushlab turmoqchi emas va ziddiyatga barham berish uchun uning yo‘lini to‘smaydi.

Yangi bosh murabbiy Erik ten Xag klub mutasaddilari bilan suhbatdan keyin jamoaning keyingi mavsumlarga tarkibi va strategiyasini Ronaldusiz shakllantirish kerakligini tushunib etdi.

Ma’lumki, Krishtianu Ronaldu jamoaning mavsumoldi yig‘ini doirasida birorta mashg‘ulotga kelgani yo‘q. Mashhur hujumchi Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubga o‘tishni maqsad qilgan.

“Manchester Yunayted” safiga bir yil muqaddam qo‘shilgan futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha davom etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!