
Ronaldu faoliyatida bunaqasi birinchi bor yuz berdi
Germaniya mezbonlik qilayotgan Evropa chempionatining guruh bahslari nihoyasiga etib, bosh sovrin uchun kurashadigan jamoalar teng yarmiga qisqardi.
Statistikaga ixtisoslashgan tashkilotlar “Evro-2024”ning guruh bahslari ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilmoqda.
Opta statistika portali Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronalduning guruh o‘yinlaridagi ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqdi. 39 yoshli futbolchi faoliyati ilk bor yirik turnirlarning guruh bahsida o‘z hisobga gol yozdirib qo‘ya olmadi.
Bungacha Ronaldu jahon va qit’a chempionatlarida o‘n marta guruh bahslarida ishtirok etib, usluksiz raqiblar darvozasini ishg‘ol etib kelayotgan edi.
Portugaliya terma jamoasi nimchorak finalda Sloveniya futbolchilari bilan kuch sinashadi. Evropa chempionati 14 iyulga qadar davom etadi.
Fikrlar