Ronaldu faoliyatida o‘zgarish kutilmoqda!

  • 06.10.2022 16:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli klubni qo‘lga kiritganidan beri Krishtianu Ronalduni o‘z jamoasida ko‘rishni orzu qilmoqda. Avvalgi bosh murabbiy Tomas Tuxel bu transferga qarshilik qilgani uchun o‘z lavozimidan ozod etilgani ham ko‘p muhokama qilinayotgan masalalardan.

The Telegraph nashrining yozishicha, Todd byoli o‘z orzuini amalga oshirish uchun yanvar oyida Krishtianu Ronalduni transfer qilishni so‘rab, “Manchester Yunayted”ga murojaat qilmoqchi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag 37 yoshli hujumchi bilan xayrlashishga tayyor. Klub mutasaddilari ham Ronalduning ketishiga qarshi emas.

Demak, gap portugaliyalik yulduzning o‘zida qoldi. Agar Krishtianu “aristokratlar” safiga qo‘shish istagini bildirsa, bu transfer amalga oshadi.

Ronaldu joriy mavsumda barcha turnirlarda sakkiz marotaba maydonga tushib, jami 378 daqiqa o‘ynadi va o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!