Ronaldu muhim qarorga keldi

  • 17 noyabr, 2023, 18:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”dan ketishga shoshilmayapti. Arab futbolini yoritib kelayotgan jurnalist Ali Al-Harbiyning yozishicha, portugaliyalik futbolchi riyodliklar bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi.

Tecno

Klub mutasaddilari ham bunga qarshi emas. Ronalduning bu  jamoaga kelgan butun dunyodagi futbol ishqibozlarining e’tiborini Saudiya ligasiga qaratdi.

38 yoshli hujumchining hozirgi kelishuvi 2025 yilning 35 iyunigacha tuzilgan.

Mazkur shartnomaga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu har mavsum uchun 200 million evrodan maosh olmoqda.

“An-Nasr” mutasaddilari eng asosiy yulduzi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha ish boshladi. Yangi bitim 2027 yilning yarmigacha tuzilishi kutilmoqda.

Ronaldu yangi mavsumda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘qqizta golli pas uzatdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998943942472
17/11/2023 17:42
Клуб мутасаддилари ҳам бунга қарши эмас. Роналдунинг бу жамоага келган бутун дунёдаги футбол ишқибозларининг эътиборини Саудия лигасига қаратди.

38 ёшли ҳужумчининг ҳозирги келишуви 2025 йилнинг 35 июнигача тузилган.
Сал эътиборли булинглар.