
Ronaldu jamoadoshiga qo‘l ko‘targan!
“Yuventus”ning sobiq futbolchisi Massimo Mauro “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni argentinalik futbol yulduzi Diego Marodana bilan taqqoslab bo‘lmasligini ma’lum qildi.
- Ronalduni Maradona bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Diegoning jamoadoshlari uni eng zo‘r o‘yinchi bo‘lgani uchun emas, o‘ta saxovatli ekani tufayli yaxshi ko‘rishardi. Bundan tashqari, Maradona hech qachon jamoadagi sheriklariga qo‘pollik qilmagan.
Ronaldu jamoadoshiga qo‘l ko‘targan holat bo‘lgan. Buni Kzeadan so‘rasangiz, nima bo‘lganini aytib beradi, - dedi Massimo Mauro.
Krishtianu Ronaldu 2018-2021 yillar davomida “Yuventus” sharafini himoya qilib, turinliklar safida yuzdan ortiq gol urgan.
Fikrlar