
Ronaldu kechagi g‘alabadan keyin nimalar dedi?
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasidagi “Sherif” ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.
Kishinevdagi "Zimbru" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 37 yoshli portugaliyalik penaltini aniq amalga oshirib, joriy mavsumdagi ilk golini urdi.
“Gol va jamoaga g‘alaba qozonishda yordam berganimdan xursandman! Uchta muhim ochko! Ajoyib o‘yin, yigitlar!”, - deb yozdi Ronaldu tvitter sahifasida.
Shuningdek, tiraspolliklar bilan o‘yindagi gol hujumchi uchun Evropa ligasidagi birinchi, faoliyatidagi 699-gol bo‘ldi.
Evropa Ligasi guruh bosqichining 2-turidan so‘ng “Manchester Yunayted” 3 ochko jamg‘arib, “E” guruhi turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.“Sherif” esa 3 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar