Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qimmatli maslahat berdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtanu Ronaldu jamoadoshlarini ruhlantirish uchun bir necha maslahat berdi.
- Qattiq ishlang, har kungi maqsadlaringizga intiling, do‘stlaringiz bilan rohatlaning va oxirigacha kurashing, - deb yozdi Ronaldu jamoadoshlariga.
37 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted”ga qaytganidan beri 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta to‘p kiritdi va uchta golli pas oshirdi. Ronaldu uchun joriy mavsum ko‘ngildagidek o‘tmayapti. Manchesterliklar ko‘p ochko yo‘qotmoqda va mavsum oxirida Chempionlar ligasiga chiqa olmasligi mumkin.

Fikrlar