Ronaldu masalasi hal bo‘ldi!

  • 19.07.2022 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” bosh murabbiy Erik ten Xag portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu kelasi mavsum jamoada qolishini ta’kidladi.

Niderlandiyalik mutaxassis ESPN nashriga bergan intervyusida Ronaldu boshqa klublarga sotilmasligini, o‘zi jamoaga kelishidan oldin portugaliyalik hujumchi bo‘yicha reja tuzganini va bu masala bo‘yicha o‘z fikrida sobit turganini e’tirof etdi.

Bundan tashqari, Erik ten Xag Ronaldu kelasi mavsum oxirida tugaydigan shartnomasini yangilab, keyinchalik ham jamoada qolishi mumkinligini alohida ta’kidladi.

Avvalroq, Ronaldu boshqa jamoaga o‘tmoqchi ekani, unga “Barselona”, “Roma”, PSJ, “Bavariya”, “Chelsi” kabi klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!