Ronaldu masalasi yopilish arafasida

  • 27.12.2022 00:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr"ga o‘tishi kutilyapti. 

"CBS" Sports nashri bergan xabarga ko‘ra, futbolchining tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi allaqachon belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, portugaliyalik va uning qarindoshlari uchun turar joy ham ajratilgan. 

Saudiyaliklar qishki transfer oynasi ochilguncha barcha rasmiyatchilikni hal qilishga undamoqda. Shartnomaning barcha bandlari allaqachon kelishib olingan. Hamma gap Ronalduning o‘zida qoldi. 

Xabar qilinishicha, Ronaldu yangi jamoasi bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolaydi va uning maoshi yiliga 200 million evro bo‘lishi kutilmoqda. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!