Ronaldu Messining g‘alabasini tan olmadi
Lionel Messi o‘ziga etishmayotgan yagona sovrin – jahon chempionati kubogini qo‘lga kiritdi.
Argentina terma jamoasining Qatardagi mundialdagi g‘alabasi bilan Messini juda ko‘p sport yulduzlari tabrikladi.
So‘nggi yillarda jahon futbolida Lionel Messi bilan o‘zaro raqobatlashib kelgan Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu esa, argentinalik hujumchini tabriklashni o‘ziga ep ko‘rmadi.
Finaldagi g‘alabadan keyin Ronaldu uchrashuvga hech qanday munosabat bildirgani yo‘q.
Messi jahon chempionatidagi g‘alabasidan tashqari, musobaqaning eng foydali o‘yinchisi, deb topildi.

Fikrlar