Ronaldu muhim o‘yin oldidan nimalar dedi?
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Atletiko"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi.
"Biz klublar miqyosida eng katta turnirning qaytishiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Olg‘a!", - deya portugaliyalik forvard o‘z instagram sahifasida post qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv 23-dan 24 fevralga o‘tar kechasi tungi soat 01:00da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, 37 yoshli goleador "matraschilar"ga qarshi o‘yinlarda 25 ta gol va 4 ta xet-trik muallifiga aylangan.

Fikrlar