Ronaldu murabbiy bo‘ladimi?

  • 27.12.2019 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytardi.

“Ayni damda bu meni qiziqtirmaydi. Biroq, kelajakda men futbolni sog‘inishim mumkin va shunda murabbiy bo‘lishni xohlab qolarman. Hech qachon hech qachon dema.

Agar men murabbiy bo‘lsam, ruhlantiruvchi murabbiy bo‘laman. Murabbiy o‘z ishtiyoqi va iste’dodini jamoaga berishi kerak. Masalan men dam olishni, dribling qilishni, gol urishni yaxshi ko‘raman va buni o‘z futbolchilarimga o‘rgatishni xohlayman”, - deydi 34 yoshli portugaliyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!