Ronaldu MYu murabbiyini xavotirga qo‘ymoqda

  • 22.07.2022 14:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaning mavsumoldi yig‘inida hujumchi Krishtianu Ronaldu ishtirok etmaganidan xavotirda ekanligini inkor etmadi. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hozirda o‘ziga yangi klub izlamoqda, chunki u Chempionlar ligasida o‘ynashni istamoqda.

“Albatta, bu meni xavotirga solmoqda. Balki bu unchalik to‘g‘ri emasdir, lekin haqiqat shuki, hozir men mavsumoldi mashg‘ulotlarda qatnashayotgan futbolchilar bilan bandman. Ayni payt ular bilan birga bo‘lishga va yangi mavsumga ajoyib tarzda tayyorgarlik ko‘rishni istayman. Boshqa hech narsa deya olmayman”, - dedi ten Xag.

Ronaldu o‘tgan mavsumda APLda 18 ta gol urdi va "Manchester Yunayted"ning barcha turnirlardagi eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!