Ronaldu MYuning jig‘iga tegishda davom etmoqda

  • 06.07.2022 18:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Krishtianu Ronaldu hamon Manchesterga kelmagan. 

"Goal" nashri muxbiri Jeyms Robsonning xabar berishicha, hujumchi ketma-ket uchinchi bor mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormoqda. 

Mankunialiklar haligacha 12 iyulda boshlanadigan Osiyo hamda Avstraliya safarlariga portugaliyalik hujumchining qo‘shilish rejasi bor yoki yo‘qligi haqida bilmaydi.  

Avvalroq, 37 yoshli forvard yaxshi taklif tushsa, klubdan uni sotishini so‘ragandi.  

Ma’lumot o‘rnida, Ronalduga ayni vaqtda "Roma", "Chelsi", "Bavariya" kabi klublar qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, uning "Barselona"ga o‘tishi borasida ham mish-mishlar chiqib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!