Ronaldu nega Barselonaga keldi?

  • 27.03.2019 20:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida Serbiyaga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgandi. 34 yoshli futbolchi kechagi o‘yinning 30-daqiqasida jarohat oldi va zaxiraga olindi.

RAC1 tarqatgan xabarga ko‘ra Ronaldu bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Barselonaga kelgan. Bu erda u chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va jarohati haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum “Yuve” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 24ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!