Ronaldu nega zaxirada qoldirildi? Ten Xag javob berdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Manchester Siti"ga qarshi (3:6) uchrashuvida hujumchi Krishtianu Ronalduni nega maydonga tushurmagani haqida gapirdi.
“Men buni Krishtianuga, uning buyuk karerasiga bo‘lgan hurmatim uchun qildim. Ronaldu bunday yirik hisobdagi mag‘lubiyatga loyiq emas. Shu bois, men Marsyalni tushurdim, chunki unga ham o‘yin amaliyoti kerak edi.
Hammasi juda oddiy: biz o‘zimizga ishonmadik. Agar ishonch bo‘lmasa, g‘alaba qozona olmaysiz. Rejani amalga oshirishda bizda intizom etishmadi va jazolandik.
Biz muxlislarimizni ham, o‘zimizni ham tushkunlikka tushurdik”, - deya uning so‘zlarini keltiradi BBC nashri.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu mavsumda ilk bor butun uchrashuvni zaxirada o‘tkazdi.

Fikrlar