Ronaldu Runing Messining kuchliroq ekanligi haqidagi fikriga javob qaytardi
Ueyn Runi yaqinda Lionel Messi futbolchi sifatida Krishtianu Ronaldudan ustun ekanini aytgandi. Ronaldu "Manchester Yunayted"dagi sobiq jamoadoshining fikriga munosabat bildirdi.
- Muammo yo‘q. Jiddiy aytyapman, hammasi joyida. Har kim xohlaganini tanlashi mumkin. Bizning o‘zaro munosabatlarimiz yaxshi. Balki biz do‘st emasdirmiz, lekin munosabatlar doim normal bo‘lgan.
Futbolda mening uyimga kechki ovqatga keladigan do‘stlarim yo‘q. Menda hech kimga qarshi hech narsa yo‘q. Bu Runining fikri. Men uchun bu muammo emas. Men uni hurmat qilaman. Ayniqsa, "Manchester Yunayted"da o‘ynaganimizda ko‘p narsalarni birga boshdan kechirganmiz. Agar Runi bilan ko‘rishsam, qo‘l berib ko‘rishaman. Kimgadir qarshi turishga vaqtim yo‘q, - dedi Ronaldu Pirs Morganga bergan intervyusida.
Fikrlar
месси урдак