Ronaldu o‘rnini Mbappe egallaydi – MYu transferga tayyor!
“Manchester Yunayted” rahbariyati hujum chizig‘idagi muammolarni Kilian Mbappe yordamida hal qilmoqchi.
Manchesterliklar joriy mavsumning dastlabki 14 ta uchrashuvida atigi 20 ta to‘p kiritdi. “Yunayted” darajasidagi jamoa uchun bu o‘ta past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ayni paytda jamoa o‘tgan yilgi to‘purar Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda. 37 yoshli hujumchi matbuotdagi chiqishlaridan keyin yanvar oyidayoq klubni tark etishi kutilmoqda.
“Manchester Yunayted” vaziyatni o‘nglash uchun katta xarajatdan qochmasligini bildirgan. Unga ko‘ra, klub PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni olib kelmoqchi. Frantsiyalik hujumchining ham o‘z klubi rahbariyati bilan muammosi bor.
Manbalarning ta’kidlashicha, “Manchester Yunayted” Mbappe uchun parijliklarga 150 million evro taklif qiladi. 23 yoshli futbolchiga har hafta 500 ming funt maosh to‘lash rejalashtirilgan.
Agar bu transfer o‘xshamasa, manchesterliklar e’tiborini “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxenga qaratadi.

Fikrlar