"Ronaldu o‘yinda ishtirok etsa, hakamlarga bosim bo‘ladi"
Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xadlgrimsson Portugaliyaga qarshi o‘yin oldidan uchrashuv haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Albatta, Krishtianu o‘yinda ishtirok etsa, barcha narsa hakamga bog‘liq. Biroq Portugaliyada u nafaqat hakamga, balki butun stadionga ta’sir o‘tkazadi. Sababi, barcha muxlislar uning harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va ma’lum darajada ularga ham yon bosish holatlari ham kuzatiladi. Bo‘lajak uchrashuv esa "Aviva-Stedium" o‘yingohida bo‘ladi va ushbu bahsda bunday holat kuzatilmaydi, deb umid qilaman", - dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Irlandiya Portugaliya uchrashuvi 13 noyabr kuni soat 00:45 da start oladi.
Fikrlar