
Ronaldu prokuraturaga “sir”ni ochishdan bosh tortdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliyaga kelishdan avval “Yuventus” sharafini himoya qilganidan xabaringiz bor.
Ayni paytda Italiya prokuraturasi Turin klubi prezidenti Andrea Anellini tekshirmoqda. Ular Krishtianu Ronaldudan “Yuventus”da o‘ynagan paytda olgan maoshi haqidagi ma’lumotni so‘rashdi.
Get Italian Football News nashrining xabar berishicha, portugaliyalik yulduz prokuraturaga Turindagi faoliyati davomida olgan daromadlari haqidagi ma’lumotlarni berishdan bosh tortgan.
37 yoshli futbolchi 2018-2021 yillar davomida “Yuventus”da o‘ynab, 134 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 101 ta gol va 22 ta assist rasmiylashtirgan.
Fikrlar