Ronaldu raqib bilan muzokara qilayotgani fosh bo‘ldi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelasi mavsum oldidan “Chedsi”ga o‘tib ketishi mumkin. Bu haqda Football.London nashri xabar berdi.
Portugaliyalik yulduzning agenti Jorje Mendesh “Chelsi”ning yangi xo‘jayini Todd Bouli bilan Portaguliyada uchrashib, tomonlar bo‘lajak transfer haqida gaplashib olgani ma’lum bo‘ldi.
Manbaning ta’kidlashicha, Ronalduning Manchesterdan ketishiga klub rahbariyatining transfer bozorida faollik ko‘rsata olmayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, “Chelsi” klubi manchesterliklardan farqli ravishda kelasi mavsumda Chempionlar ligasida to‘p tepadi.
Ronalduning amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etadi. Uning transfer summasi 30 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar