Ronaldu “Real”ning asosiy “dushmani” “Barselona”ga o‘tishi mumkin
Krishtianu Ronalduning agenti Xorxe Mendesh o‘z mijozi xizmatlarini "Barselona"ga taklif qildi.
Joriy transfer oynasida hujumchi faoliyatini qaerda davom ettirishi haqida ko‘plab mish-mishlar tarqalmoqda. Ispaniya OAVning yozishicha, futbolchiga yangi xaridorlardan biri "Barselona" bo‘lishi mumkin. Portugaliyalikning agenti kutilmaganda "Barselona"ga futbolchini sotib olishni taklif qildi.
Ronaldu o‘tgan mavsum boshida "Yunayted" bilan shartnoma imzolagan edi. Ammo keyin forvard “qizil iblislar” rahbariyatiga jamoani o‘zgartirish istagini aytd, chunki “Old Trafford” egalari Chempionlar ligasiga yo‘llanma qo‘lga kirita olmadi. Futbolchi esa faoliyatining so‘nggi yillarini Evropa klublarining ikkinchi darajali musobaqasida o‘tkazishni istamayapti.
Yakunlangan mavsum Krishtianu APL doirasidagi 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar