
Ronaldu: Runi hasad qilyapti
"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu sobiq jamoadoshi Ueyn Runining tanqidlariga javob berdi.
Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda Runi va Jeymi Karragerning birgalikdagi suratiga izoh qoldirdi. 37 yoshli portugaliyalik futbolchi ikkala sobiq futbolchi ham shunchaki havas qilishayotganini yozdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Runi Ronalduning o‘yinini tanqid qilgan va portugaliyalik endi avvalgidek emasligini ta’kidlagan edi.
Joriy mavsum Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatida 24ta o‘yin o‘tkazib, 12ta gol urdi.
Fikrlar