
Ronaldu "Sherif" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin motivatsion post qoldirdi
"Manchester Yunayted" markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasidagi Moldovaning "Sherif" klubi ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabadan keyin fikr bildirdi. Mankunianliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi, 37 yoshli portugaliyalik forvard esa bitta gol muallifiga aylandi.
“Ajoyib, jamoaviy o‘yin. Biz birgamiz. "Manchester Yunayted, faqat olg‘a", - deb yozdi hujumchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
So‘nggi tur oldidan “Manchester Yunayted” 12 ochko bilan “E” guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar