Ronaldu 16 yildan beri to‘xtamyapti

  • 18.04.2022 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya premer-ligasining 33-turida “Norvich Siti” darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilgan Krishtianu Ronaldu yana bir tarixiy natijaga erishdi.

Uchta aniq zarbadan keyin portugaliyalik yulduzning mavsumdagi umumiy gollari soni 21 taga etdi.

Squawka statistika tashkilotining ma’lum qilishicha, Ronaldu navbatdagi xet-trikdan keyin ketma-ket 16 yildan beri klublar miqyosida bir mavsumda 20 va undan ko‘p gol urgan o‘yinchi sifatida rekord o‘rnatgan.

Krishtianu faoliyati davomida “Sporting”, “Real”, “Yuventus” va ikki marta “Manchester Yunayted” a’zosiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!